Dunyoda jangovar shay holatidagi yadro kallaklari soni ortmoqda
To‘qqizta davlat - AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Shimoliy Koreya va Isroil o‘zlarining yadroviy arsenallarini modernizatsiya qilishda davom etmoqda, jangovar shay holatidagi yadro kallaklari soni ko‘paymoqda, deya xabar beradi Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI).
SIPRI hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024 yil yanvar holatiga ko‘ra, dunyodagi 12121 ta yadro kallaklaridan 9585 tasi jangovar shay holatda bo‘lgan. Ularning qariyb 3904 tasi o‘sha paytda raketa yoki samolyotlarda joylashtirilgan (2023 yil yanvar oyiga nisbatan 60 ta ko‘p). Joylashtirilgan jangovar kallaklardan 2100 ga yaqini ballistik raketalarga qarshi yuqori shay holatga keltirilgan.
Institut ma’lumotiga ko‘ra, shuningdek, Xitoy o‘z jangovar kallaklarini ilk bor shay holatga keltirgan bo‘lishi mumkin. Hindiston, Pokiston va Shimoliy Koreya ballistik raketalarni bir nechta kallaklar bilan jihozlash ustida ishlamoqda. Bu esa operativ ravishda joylashtirilgan yadro kallaklari sonining ko‘payishiga olib keladi.
NATO davlatlari yadro qurolini jangovar shay holatga keltirish masalasini muhokama qila boshladi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, blok “raqiblariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri signal berish” uchun o‘zining yadroviy arsenalini butun dunyoga namoyish qilishi kerak.
Qayd etilishicha, foydalanishga tayyor yadro kallaklari sonini oshirish tendensiyasi keyingi yillarda ham davom etadi. Shu bilan birga, qurollarning umumiy soni kamayib bormoqda.