Muqaddas Ona homilasi yoxud o‘nlik sonlar vatani - O‘zbekiston
Bizga arab raqamining kelib chiqishini qadimgi Hindiston bilan bog‘lab o‘rgatishgan. Hozirgi raqamlar milodiy V asrda paydo bo‘lgani haqida aytishadi. Bungacha Hindistonda “kharoshti” va “brahmi” raqamlari bo‘lgan, “brahmi”dan hind “gvalnor” raqami, so‘ng arab raqami kelib chiqib, Yevropa va butun dunyoga yoyilgan, deb kelinadi.
Sonlarning asl vatani, kelib chiqish tarixi bilan bog‘liq ayrim mulohazalarga to‘xtalaman.
Markaziy Osiyo, xususan, yurtimizga arablar bostirib kelgan vaqtda zardushtiy diniga e’tiqod qiluvchi ayrim ajdodlarimiz Hindistonga va boshqa mamlakatlarga tarqalishdi. Padarshohlik (patriarxat) e’tiqodida bo‘lgan ushbu zardushtiylar o‘zi bilan “Avesto”ni ham olib ketishdi. O‘z navbatida, modarshohlik (matriarxat) dinida bo‘lgan butparastlar ham Hindiston, Yevropa va boshqa yurtlardan panoh izlashgan.
O‘ylab ko‘rilsa, barcha diniy konfessiyalar go‘yoki g‘alvirga o‘xshaydi. Ular yot diniy g‘oyalarni elakdan chiqarib, o‘zlariga foydali bo‘lgan jihatlarini qabul qilishgan. Hinduizm, buddaviylik va brahmanlik kabi dinlar ham Markaziy Osiyo xalqlarining ma’jusiylik bilan bog‘liq qadimgi oriylar ma’naviyati, ilmi, g‘oyalarini g‘alvirdan o‘tkazib o‘zlashtirib olgan.
Eng qadimgi turonliklar oyoqlari, ikki son orasini “but” deb atashgan. “Fallos”ni mehrob deb bilish ham shu davrdan boshlangan. “Falsafa” co‘zining ma’nosi (“fallosi”-“fa,” Zuhro sayyorasida tug‘ilgan ayol fallosi) ham o‘sha zamonlardan kelib chiqqan. Falsafa toshini “fallosi fa soni”ni “eliksir” deyishgan. Keyinchalik shaharlarga “Kirmon”, “Karmana”, “Falastin” kabi nomlar qo‘yilgan.
Insonning chanoq sonidan tizza bo‘g‘imigacha bo‘lgan anatomik joyni qadimiy forsiy tilda “son” deyishgan.
Yagona forsiy va turkiy, ona va ota tilidagi “sanoq son” (aniqrog‘i “son”, “oq”, “son”) so‘zi inson sonini hamda raqamni, hisob ilmini bildirgan. Chunki forsiy va turkiy til bir qushning ikki qanoti kabi bir millatning (rus tilidagi mujskoy va jenskiy rod kabi) yagona ona va ota tili bo‘lgan.
Arabiy (muarrabiy – forsiy) tilidagi “soniya” so‘zi ikkinchi (ikkita son), “muallimi soniy” - “ikkinchi” muallim degan mazmunni o‘zida ifodalaydi.
Sanam, Shohsanam kabi tarixiy nomlar qadimda “Namna” - Oy xudosining “soni” (“son” - “nam” ) timsoli degan ma’nolarni anglatgan.
“Son” - forsiy tilda, san’atkor, hunarmand, buttarosh kabi tushunchalarni anglatishi bilan birga, qilich o‘tkirlaydigan tosh ham “son” deb nomlangan. Son yana “shu tarzda”, “shu tariqa”, “shu kabi” ma’nolarni anglatgan. “Rason” (tekkizmoq), “furson” (yubormoq), “oson”, ”tarson” (qo‘rqitmoq), “Soson”, “Koson”, “Xuroson”, “sanskrit”, “musson” “sandiq” (tosh but solingan sandiq yoki bani Isroil qavmida ikkita tosh lavh qo‘yilgan “son” - diq), “sandali” (oyoqni, sonni isitadigan tancha), “sandal” (oyoq kiyim), “son” (rus tilida uyqu degan ma’noni bildiradi), “son” (“son” ingiliz tilida o‘g‘il), “renessans” (fransuz tilida “renaissance” qayta tug‘ilish, “nessans” - tug‘ilish) “fason”, “afsona” kabi iboralar dunyo tillarida ishlatilgan.
Biz forsiy va turkiy tilda “sarson” degan so‘zni qo‘llaymiz. Inson charchaganda boshining son tomonga egilib xam bo‘lib qolishi yoki 9 oylik homilaning tug‘ilish arafasida boshining son tomonga egilishini qadimda “sarson” deyishgan.
Bunday holatni Buyuk Turondan Hindistonga borgan oriylar hinduizm, buddaviylik, brahmanlik kabi dinlarda “sansara” deb nomlashgan. Ruhning sarsonligi - “sansara” bir ma’noni anglatgan.
Keling, “son”larni “nol”dan boshlab tadqiq qilamiz.
Qadim zamonlardan forsiy tilda qushning tumshug‘i, erkak jinsiy a’zosi, parrandaning qanot pati, otadigan qurolni va yozuv qalamining uchini, og‘iz, uyat labini “no‘l” deyishgan. Hozir butun dunyoda qo‘llaydigan “nol” (“0”) raqami “no‘l” (“qalam”, “fallos” uchi) so‘zidan kelib chiqqan.
Quyida biz homilador ayol suratini chizib, embrion va homilaning o‘nlik sonlarga qanday o‘xshashligini yozib ko‘rsatamiz.
Yunon tilida “bakteriya” so‘zi “tayoqcha” degan ma’noni anglatgani kabi embrionni birinchi oyda tayoqcha shaklida deb bilishgan. Zuhal sayyorasi ta’sirida ayol bachadon meridiani uzra rivojlanayotgan embrionni “bir” (“1”) deb qabul qilishgan.
Ikkinchi oyda Mushtariy sayyorasi homiyligida bo‘lgan, Chust do‘ppisidagi bodom nusxaga o‘xshagan embrionni “ikki” (“2”) deb formulaga kiritgan. “Ikki” (“2”) soni forsiyda “du” (oy degan ma’noni bildirgan) Keyinchalik arabiyda qamariy “dol” harfiga o‘xshatib yozishgan.
Uchinchi oyda Marsning ta’sirida bosh va dumg‘aza qismi to‘liq shakllanib kelayotgan, homilaga aylanib borayotgan embrionni “uch” (“3”) raqami bilan fanga kiritishgan. Uch soni forsiyda “se”, zamonlar o‘tib arabcha hurufi shamsiydan “sin” harfiga shaklan uyg‘un holda yozilgan.
To‘rtinchi oyda Zuhra sayyorasi ta’sirida homilaning bel, dumg‘aza, jinsiy a’zolarini takomilga keltirganini “to‘rt” (“4”) raqami bilan fan olamiga kiritishgan.
Beshinchi oyda Quyosh atrofidagi birinchi sayyora Merkuriy homiyligida homilaning yurak va dumba atrofi yanada takomillashtirilib “besh” (“5”) raqami yurak timsolida butparastlikdan hozirgi zamon fanigacha yetib kelgan.
Oltinchi oyda eng katta yulduz - Quyosh rahnamoligida homilaning bosh qismi yuqorida, oyoq va dumg‘aza qismi son tomonda bo‘lgan holatini “olti” (“6”) raqami bilan, ya’ni qadimgi turonlik tabiblar o‘zlari tushunadigan “son” (formula) bilan belgilashgan.
Miloddan 4 ming yil ilgari o‘tgan Buyuk Turon hakimlarining yulduzlar ilmi hamda xaloskorni (ingliz tilida (“son”) “son”ni, arab tilida “inson”ni) dunyoga keltirayotgan muqaddas Ona bilan bog‘liq ilohiy sonlarni o‘qib va uqib tushuntirish har qanday insonga ma’naviy-ma’rifiy halovat, zavq bag‘ishlaydi. Buyuk ajdodlarimizga tasannolar aytadi.
Matematikada qadimgi bobilliklar, yunonlar qo‘llagan trigonometrik, geometrik uchburchaklar mikro koinot sifatida ayol va erkak buti - sonini anglatsa ham ammo xalqaro ilmiy–ilohiy kelishuvga ko‘ra, unga but sifatida e’tiqod qilishmagan. Uni shunchaki, matematik uchburchak deyilgan, xolos.
Muso Alayhissalom “Turi Sino”dan o‘nta ahd yozilgan ikkita tosh lavhni (sonni, matematika va ahdni) olib tushadilar. Parvardigori olam Muso payg‘ambarga dedi: “Sen sindirib yuborgan ikkita (son) tosh lavhaga o‘xshagan, ikkita tosh tayyorla. Va (Turi sinoga) Sinay tog‘iga Mening oldimga olib chiq!”.
Iso alayhissalom zamonlarida bani Isroil qavmi go‘yo “barmoq” bilan sanarli o‘nta ahdga e’tibor berganday bo‘lar edi. Ammo shu o‘nta ahdu-paymonni o‘zida mujassam etgan ikkita (sondagi) muhabbat ahdiga e’tibor bermas, amal qilmas ekanlar. Shundan birinchi amr “Egang Xudovandni butun qalbing, butun joning va butun onging bilan sevgin”. Ikkinchi amr esa “O‘zgani (o‘z yaqinlaringni) o‘zing kabi sevgin”, deyilgan. (Matto 22 bob. 37-39 oyat).
Qur’oni sharifda Parvardigori olam: “Ahdlashganingizda, Allohga bergan ahdingizga vafo qiling!” (Nahl 91), “Ahdga vafo qiling! Zero, ahd-paymon (oxirat, hisob kuni) so‘raladigan ishdir” (Isro, 34), deb ogahlantiradi.
Mazdoiylik, zardushtiylik singari padarshohlik zamonidagi xalqaro diniy kelishuvga ko‘ra, tosh (forsiyda “son”) u Ka’ba yoki lavh toshi bo‘ladimi, but hisoblanmagan. Agar tosh bilan erkak yoki ayol yoxud (Horun qavmi, samariyaliklarga o‘xshab) sigir va boshqa jonzot haykali taroshlansa, shunda u but sifatida ta’qiqlangan. Ka’ba ham aniq o‘lcham, sonlardan tashkil topgan. Uning eni, balandligi, uzunligi 15x12x10 metrdan iborat.
Ibroniy tilda “yaxve” (“yakvo”) o‘rniga “adonay” deyilishi ham “Parvardigorim”, “ikkinchisi yo‘q”, “dushmani yo‘q” (ikki son, but yo‘q) degan ma’noni anglatgan.
Quyida mazdoiylik, zardushtiylik, yahudiylik kabi diniy, kulli ruh kelishuvga ko‘ra, bugungi demokratik jamiyatga qadar xalqaro ilohiy meridian diagrammasini ko‘rsatib o‘tamiz:
- Qadimgi Bobil tilida O dam
- Fors tilida A basto (Avesto)
- Qadimgi Misr tilida O mon ---- (min)
- Ibroniy tilda A donay
- Finikiy tilda A donis
- Sanskrit tilida A dvayta
- Lotin tilida Di A lektika
- Lotin tilida Ide A lizm
- Lotin tilida Du A lizm
- Lotin tilida Mo no teizm (Omon, min)
- Xitoy tilida Da O
- Arab tilida Du O
- Arab tilida O min (mon)
- Arab tilida A dolat
- Arab tilida A dovat
- Arab tilida LA duniy
- Arab tilida O dina
- Rus tilida O din
- Arab tilida A dab (biyot)
- Latviya tilida Di O s
- Fransuz tilida Di O‘
- Ispan tilida A dioc
- Yunon tilida A dvakat
Bu padarshohlik va modarshohlik kabi dinlarning kulli ruh yo‘lida, xalqaro diniy kelishuvga ko‘ra, nomlanish manbaalari bo‘lib keldi.
Qur’onning fotiha surasi, muqaddas kitobning “onasi” bo‘lsa, ikkinchi sura “Baqara”- (“Sigir”) deb nomlanadi. Sonlar esa “Arab raqami” deb kelingan. Faqat islom dinida “Allohdan o‘zga ma’bud yo‘q ...”, deb sonparast, butparast bo‘lib qolmaslikka da’vat qilingan.
Qur’oni karimda quyidagi oyatlar nozil qilingan: “Agar Alloh sizlarni onalaringizning qornida bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tkazib, uch zulmat ichida yaratdi (“Zumar” surasi, 6-oyat).
Xullas, yettinchi oyning kirishi bilan qadimgi Buyuk Turon hakimlari, oy ta’sirida bo‘lgan homila “chala” bo‘lsa ham bola yetilganligini, ayol homilani ko‘tarolmasa, tug‘ishi mumkinligini, uchi pastga, son tomonga qaratilgan “yetti”(“v”) raqami orqali formulaga kiritishgan.
Sakkizinchi oyga kirganda homilador ayol zinhor homilani tug‘ishi mumkin emasligi, Zuhalning ta’sirida bo‘lgan mizoji quruq – sovuq va qattiq bo‘lgan homila tug‘ilib qolsa, o‘lib qolishini, uchi yuqoriga qaratilgan “sakkiz”(“^”) raqami bilan ishora qilishgan. “Sakkiz” (“8”) soni (formulasi) homilador ayolning ekliptik holati, ya’ni ma’qad va maxraji, uyat labi, chanog‘i tug‘uruqqa tayyor bo‘lib borayotganini bildirgan.
Quyosh kalendari bo‘yicha to‘qqiz oy, to‘qqiz kundan so‘ng qirq hafta, o‘n akusherlik oy taqvimi hisobida go‘dak dunyoga kelgan. Eng buyuk sayyora, (“Ulug‘ – Baal”) Mushtariy ta’sirida iliq va yumshoq bo‘lib yetilgan “bol”a (“ba”cha)ning oyog‘i yuqorida, boshi homilador onaning “son”- dumg‘aza tomoniga (“sar” “son” bo‘lib) kelgan holatini turonlik hakimlar “to‘qqiz” (“9”) raqami bilan fan olamiga kiritishgan.
Sonlar chapdan o‘ngga qaratib yozilgani kabi qadimda oriyzoda ayollar jasadi, ona gumonida yotgan homiladay chapdan o‘ngga qaratib qabrga ko‘milgan. Siz quyida chapdan o‘ngga yonbosh holatda dafn etilgan ayolning suyak qoldiqlari bilan tanishasiz.
Homilador ayol chanog‘i torlik qilsa, “kesar” yo‘li bilan jarrohlik qilishgan. Forsiy va turkiy tillarda (“kes”, “sar”) “kesar”ning ma’nosi, homilaning bosh tomonini (chanoq yoki kindik ostini) “kes” (o‘lmay qoladi), degan mazmunni o‘zida mujassam etadi.
Qadimgi turonliklar sigirni muqaddas bilishgan. “Tur”, “Sug‘d”, “Samar” kabi atamalar (“gov”) – sigir degan so‘zdan kelib chiqqan. Tug‘ilgan chaqaloqning yoki umuman insonning “gov”dasini ham (“gov”) sigir deb atashgan.
Homilaning tug‘ilishi arafasida boshining son tomonga og‘ishi (sarsonlik) inson, hayvon, xususan, sigirda ham shu jarayon bo‘lib o‘tadi.
Sonlar qadimdan ikki xil bo‘lgan. “Oq” son (sonoq), “qora” son. Oq son sog‘lik, go‘zallik (qadimgi Buyuk Turon oriylar ilohiy ta’limoti) timsoli bo‘lsa, qora son kasallik ma’nosini anglatgan. “Sanchiq” (“son”dan “chiq”) dard tutish holatini bildirgan.
Agar sanoq sonlarning vatani Hindiston bo‘lganda “son”, “oq”, “son” deyilmas edi. Yanada oydinroq qilib aytganda, agar (“0”) “nol”dan (“9”) “to‘qqiz”gacha bo‘lgan raqamlar milodiy V asrda Hindistonda kashf etilgan bo‘lsa, yahudiylar ham oy-quyosh taqvimi bo‘yicha, o‘ninchi oyni go‘yo homilaning boshi son tomonga qaratilgan holat kabi (“9”) “to‘qqiz”ga o‘xshash raqam bilan belgilab kelishgan.
Turkiy va forsiy tillarda duradgorlik asbobini “tesha” deb atagan. Yahudiylar ham to‘qqiz raqamini “tesha” deb nomlaydi. Siz teshani dastasidan ajratib diqqat bilan aylantirib qarasangiz, shubhasiz, olti va to‘qqiz oylik, homila pardasini teshib chiqayotgan gudakni, xaloskor timsoli, “formula”sini ko‘rasiz.
Arablar esa quyosh taqvimi bo‘yicha to‘qqizinchi oyni (“9”) “to‘qqiz” raqami bilan belgilashgan.
Demak, bizda matematika yahudiy solnomasi bilan hisoblaganda olti ming, milodiy era bo‘yicha to‘rt ming yil oldin ham bo‘lgan. Chunki bizdagi qadimiy quyosh taqvimi bilan bani Isroil (forsiyda Sara el) qavmidagi oy-quyosh hisobining yillar miqdori teng. Sababi, ularning taqvimida rabboniy o‘n uchinchi oy kiritilgan.
2021 yilda yahudiy tarixiga 5781 yil to‘lgan bo‘lsa, biz ham shuncha yillik tarixga egamiz. Bunga muqaddas Ona homilasidagi “nol”dan “to‘qqiz”gacha (oy-quyosh taqvimida “o‘n”gacha) bo‘lgan homila formulasi yorqin dalil va isbotdir.
Muqaddas “Chor unsur” falsafasining vatani yilning to‘rt fasli hukmronlik qiladigan Markaziy Osiyo, Buyuk Turon zamin bo‘lgan. Quyosh taqvimi bo‘yicha noldan (“no‘l”-“0”) to‘qqizgacha bo‘lgan (“to‘q” “qiz”, qadimgi turklarda Bibi Maryamdan oldin farishtadan homilador bo‘lgan qiz ma’nosida) sanoq sonlarning vatani Buyuk Turon, xususan, qadimgi Butamon davlati (“But”-a-“mon” Markaziy Osiyodagi, hozirgi Tojikiston hududida joylashgan qadimgi davlat) bo‘lgan.
Biz bugungi kunda asosan moliya va iqtisodiyot sohasida qo‘llaydigan: “kirim–chiqim”, “daromad-buromad” kabi iboralar bevosita qadimgi turonliklarning butparastlik e’tiqodi, jinsiy hayoti, iqtisodiyoti bilan bog‘liq.
Albatta, din hech qachon ma’jusiylikdan kelib chiqqan emas. Din-diyonat Parvardigori olam tomonidan, insonlarga xolis yo‘lni tanlashlari uchun berilgan ilohiy ne’mat, qadriyat, muhabbat, adolat, ilmu-irfon yo‘lidir. Shu bilan birga, “o‘nlik sonlar” matematik usuli ham butparastlikdan kelib chiqmagan, balki samoviy ilmlar va Odam deb nomlangan buyuk otaning pushti kamari hamda muqaddas ona gumonidagi embrion va homila shaklining alomati, formulasidan kelib chiqqan. Farzand Parvadigorning lavhu-mahfuz kalomi bo‘lib, ulamolarimiz: “Voyaga yetmagan bolani podshohga, Qur’onga, farishtaga tenglashtiradi.
Mushriklarning butga sig‘inishlaridan maqsadi go‘yo ular o‘zlarini dinu-diyonat, ilmu-irfon, madaniyat va san’at deb nomlangan uyg‘onishlar xazinasini qo‘riqlovchilari, deb hisoblashardi. Aroqxo‘rlik, bangilik, zinokorlik, butparastlik kabi illatlar bilan muqaddas Onadan dunyoga kelayotgan homilaning matematik formulasini Parvardigor Kalomini farqlay olishimiz hayotiy zarurat.
Yerda yotgan oddiy toshdan but ham yasash mumkin yoki sovuq qurol sifatida foydalansa ham bo‘ladi yoxud qurilish ashyosi sifatida imorat peshtoqidan joy olishi mumkin.
Shuningdek, (“0”) “nol”dan (“9”) “to‘qqiz”gacha bo‘lgan sonlarning kashf etilishi butlarga sig‘inish uchun emas, balki Yer yuzidagi uyg‘onishlar, taraqqiyotlarning kaliti sifatida rahmli va mehribon Alloh tomonidan yuborilgan Kalomdir.
Qadimgi xalqaro padarshohlik va modarshohlik diniy kelishuv amaliyoti manbaalariga ko‘ra, Muso alayhissalomga Xudovand tomonidan nozil qilingan ahdu-paymon toshi yoki Ibrohim payg‘ambardan meros qolgan tosh Ka’ba yoxud masjid minorasi va mehrobi sig‘inadigan “but”, “sanam” hisoblanmagani kabi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasidagi meridian ustida qurilgan marmar tosh (son) “sekstant” asbobi ham “but” hisoblanmagan.
Kim agar ahd toshi, Ka’ba, minora, mehrob yoki “suds” - sekstant, teleskop kabi asboblarni sig‘inadigan “but” “sanam” desa, unday kimsalar din va ilm dushmani hisoblangan. Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi aynan o‘rta asr diniy mutaassib, ilm va din dushmanlari tomonidan buzdirilgan.
Rasadxona “sekstant” asbobi ustida yozilgan darajalar “muqaddas ona homila formulasi”dagi “o‘nlik sonlar” kabi emas, balki “abjad” hisobi bilan yozilgan. O‘nlik sonlardan bilvosita, “abjad” yozuvidan esa bevosita foydalanilgan.
Bundan maqsad - quruqlik va dengizdagi karvon hamda kemalarning koordinatlarini qaroqchilar, dushmanlardan sir saqlash, she’riyat, adabiyot, tarix, ilohiyot kabi ilm-fanlarda abjad hisobidan foydalanish va boshqa amallarni bajarishdan iborat bo‘lgan. Bu albatta, musulmon uyg‘onish davri hisob ilmining buyuk va go‘zal namunasi edi. Uyg‘onishlar tarixi yangi O‘zbekiston uchinchi Renessansining yorqin namunasi bo‘lishi kerak.
Ajdodlarimiz tug‘iladigan homilaning o‘g‘il yoki qiz ekanligini oldindan, mizoj ilmi va matematik amallar hosilasi orqali bilishgan. Masalan, erkak va ayolning osmoniy mizojlari issiq bo‘lsa (++), ularning (farzandi o‘g‘il) hosilasi ham issiq bo‘ladi. Ya’ni, qo‘shish +, qo‘shish +, barobar = (o‘g‘il) qo‘shish + (++=+) bo‘ladi deb kelingan.
Agar erkakning burj mizoji issiq (qo‘shish” +”), xotinining mizoji sovuq (ayrish “—“) bo‘lsa, ularning (farzandi qiz) matematik hosilasi ayirish (minus “—“) bo‘ladi deyishgan.(+ --=--).
Mabodo erkakning osmoniy mizoji sovuq (ayirish “—“), ayolining mizoji issiq (qo‘shish”+”) bo‘lsa, farzandsizlik (matematik hosilasizlik) holati yuz beradi (-- +=?) deyishgan. Bunday paytda erning mizojini isitadigan, xotinni (ayniqsa, bachadon mizojini) sovitadigan oziq- ovqatlar, dori-darmonlar, tadbir, muolijalar qilishgan.
Agar erkak va ayolning mizoji sovuq, ya’ni ayirish (“-“)dan iborat bo‘lsa, yilning mizoji kelin-kuyov uchun issiq kelsa, uning matematik hosilasi aksincha qo‘shish (“+“) (o‘g‘il farzand ko‘rish)dan iborat bo‘ladi (-- --= +) deyilgan.
Hozirgi zamon tibbiyoti ham agar homilador ayolning (mizoji sovuq) “rezus”i minus (“-“) homilaning (mizoji issiq) plyus (“+”) rezus faktori bilan mos kelmasa homila nobud bo‘lishini ilmiy isbotlangan.
Padarshohlik va modarshohlik dinlarining o‘zaro urushlari, butparastlik va yulduzshunoslikka qarshi qattiq janglar natijasida bu qadimiy ilmlar, fan olamidan barham topib, faqatgina matematik amallarning hosilasi sifatida saqlanib qolindi.
Nemis olimlari bu matematik alomatlar amallarini (++ = + ; + -- = -- ; -- -- = + ; -- + = ?) fan olamiga formula shaklida olib kirishdi.
Bizning mamlakatimizda “din erkinligi” sharofati bilan olam va odam yaralishining matematik asosini, qanday kashf etilganligini aniq dalil, isbotlar bilan ilmiy tushuntira oldik, nazarimda. Ayniqsa, matematik amallar va o‘nlik sonlarning vatani Markaziy Osiyo, qadimgi Buyuk Turon ekanligini muqaddas Ona homilasidagi xaloskor formulasi hamda forsiy va turkiy iboralar, yulduzlar ilmi orqali isbotladik, degan umiddamiz.
Ikromiddin SIROJIDDINOV,
Mirzo Ulug‘bek muzey majmuasi ilmiy xodimi.