Keyingi besh yillikdagi vazifalar belgilab olindi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti majlislar zalida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi viloyat tarmog‘ining I hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.Bedilov, konferensiya delegatlari, tizimidagi tashkilotlar kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirok etdi.
Tadbirda kasaba uyushmaning viloyatdagi mas’ul tashkilotchisi I.Rahimovning o‘tgan 2020-2025 yil davomida bajarilgan ishlari yuzasidan hisobot ma’ruzasi tinglandi. Kasaba uyushmasi viloyat tarmog‘ining keyingi besh yildagi muhim ustuvor vazifalari belgilab olingan konferensiyada kun tartibidagi ko‘rib chiqilgan 7 ta masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, ular orasidan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qurultoyiga, kasaba uyushmaning viloyat kengashi Konferensiyasiga hamda viloyat kengashi tarkibiga vakillar saylandi.
Anjuman yakunida O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkil etilganligining 120 yilligi munosabati bilan uyushma faollari rag‘batlantirildi.

Dilmurod TO‘XTAYEV.