SamISIda matematika fanidan viloyat hokimi olimpiadasi bo‘lib o‘tdi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Yangi O‘zbekiston — yoshlar mamlakati!” shiori ostidagi viloyat festivali doirasida matematika fani bo‘yicha viloyat hokimi fan olimpiadasi tashkil etildi.
Unda viloyatimiz tuman-shaharlaridan kelgan 10–11-sinf o‘quvchilar matematika fanidan o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 10-sinflar o‘rtasida 1-o‘rin Kattaqo‘rg‘on tumani 48-maktab o‘quvchisi Davron Diyorovga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Payariq tumani 6-maktab o‘quvchisi Avazbek Yuliboyev, 3-o‘rinni Kattaqo‘rg‘on tumani 42-maktab o‘quvchisi Akobir Normurodov qo‘lga kiritdi.
Matematika fanidan 11-sinflar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan olimpiadada 1-o‘rinni Kattaqo‘rg‘on shahar 16-maktab o‘quvchisi Jahongir Sirojiddinov egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin Past Darg‘om tumani 14-maktab o‘quvchisi Shoxjaxon Toyirovga, 3-o‘rin Qo‘shrabot tumani 48-maktab o‘quvchisi Zarnigor Abdug‘affarovaga nasib etdi.
G‘oliblar institut rahbariyati tomonidan smartfon, kitoblar jamlanmasi hamda diplomlar bilan taqdirlandi.