Hisobot-saylovida Normurod Rajabov kasaba uyushmasi viloyat kengashi raisligiga qayta saylandi

Samarqandda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kasaba uyushmasi tashkilotining II hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining o‘rinbosari Atxam Mirdjalilov, delegatlar, tarmoq tizimidagi yirik tashkilotlar kasaba uyushma qo‘mitalari raislari va faxriylar ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat kengashi raisi Normurod Rajabovning kengash tomonidan o‘tgan besh yil mobaynida bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot ma’ruzasi tinglandi.
Anjuman davomida viloyat kengashi raisi lavozimiga muqobillik asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylov o‘tkazildi. Unda 60 nafar delegat ishtirok etdi. Saylov yakuniga ko‘ra, Normurod Rajabov O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi raisligiga qayta saylandi.

Shuningdek, tarmoq xodimlari kasaba ushyushmasi viloyat tashkilotining taftish komissiyasining tarkibi va raisi ham qayta saylab olindi. Kun tartibidagi to‘qqizta masala ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, keyingi besh yilda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashining muhim ustuvor vazifalari belgilab olindi.