Mustaqillik bayrami arafasida necha kun dam olamiz?
Prezident farmoniga ko‘ra:
– haftasiga 5 kun ishlaydiganlar – 31 avgustdan 3 sentyabrgacha (4 kun);
– haftasiga 6 kun ishlaydiganlar – 1-2 sentyabr kunlari (2 kun) dam oladi.
Xususan:
– 31 avgust (shanba) – kalendar bo‘yicha dam olish kuni (6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni);
– 1 sentyabr (yakshanba) – ishlanmaydigan bayram kuni;
– 2 sentyabr (dushanba) – qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;
– 3 sentyabr (seshanba) – 7 sentyabr, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni (6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni).