Musulmonlar idorasi va din ishlar bo‘yicha mutasaddilar afv etilgan fuqarolar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 92 nafar fuqaro afv etilgan edi. Ana shunday fuqarolarning 14 nafari Samarqand viloyatidan.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimov hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov afv etilgan Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Ishtixon tumanlarida yashovchi 4 nafar fuqarolar bilan uchrashdi. Suhbatdoshlar Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qarorning ahamiyati, tinchlik-xotirjamlikning qadriga yetish, shukr qilib, ota-onalarining duosini olgan holda jamiyat va dinimizga xizmat qilishga chaqirildi.

So‘ng fuqarolarga muftiy qalamiga mansub diniy-ma’rifiy adabiyotlar, “Vaqf” xayriya jamg‘armasi tomonidan oziq-ovat mahsulotlari topshirildi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi.