Mutaxassis: Belgilanmagan joyda frizerda tayyorlangan (yumshoq) muzqaymoqlarni xarid qilmang

Yumshoq (frizerda tayyorlangan) muzqaymoqlar faqat mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilgan turg‘un va ko‘chma savdo nuqtalarida sotilishi shart.

Xavfsizligi kafolatlanmagan, saqlash va savdo qoidalariga rioya etilmagan holda sotilayotgan muzqaymoqlarni iste’mol qilish natijasida, ovqatdan zaharlanishlar, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari kelib chiqishi mumkin.

“Oqdaryo ovozi” gazetasida keltirilgan maqolaga ko‘ra, muzqaymoqlar sifati va xavfsizligini kafolotlovchi hujjatlari mavjud bo‘lganidagina savdo qilinishiga ruxsat etiladi. Qadoqlangan muzqaymoqlar talab etilgan haroratda muzlatgichlarda saqlanishi shart.

Muzqaymoqlarni xarid qilishda ularni saqlash sharoiti, qadog‘i va undagi iste’mol muddatiga doimo e’tibor berish kerak.

Muzqaymoq sotuvchilar Sog‘liqni saqlash vazirligining 200 sonli buyrug‘i asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va maxsus kiyim bilan ta’minlanishlari shart, deb yozadi mutaxassis.