Muzqaymoq qachon paydo bo‘lgan?
Muzqaymoqni hamma sevib iste’mol qiladi, u ayniqsa, bolajonlarning jon-u dili. Ammo uning qachon paydo bo‘lganini ko‘pchilik bilmaydi.
* Muzqaymoq tarixi 5 ming yildan ko‘proq qadimgi davrga borib taqaladi. Hali eramizgacha 3 ming yilda Xitoyda badavlat xonadonlarda dasturxonga qor yoki muz aralashtirilgan meva sharbati tortilgan. Uni tayyorlash va saqlash retsepti qat’iy sir tutilgan.
* Aleksandr Makedonskiy davrida ham “Qorga qorilgan meva” iste’mol qilishgan. Tog‘larga qor uchun uni eritmay yetkazib keladigan maxsus shug‘ullangan chopqir qullar yuborilgan.
* Rivoyatlarga ko‘ra, 1295 yilda Marko Polo sharqqa qilgan sayohatidan muzqaymoq tayyorlash retseptini olib kelgan. O‘shandan boshlab bu salqin shirinlik aslzodalar dasturxoni domiy ko‘rkiga aylangan. Vaqt o‘tishi bilan avval italyan va fransuz qirollari saroyida, keyinchalik butun dunyoga tarqalgan.
* 1843 yilda ingliz xonimi Nensi Jonson muzqaymoq tayyorlaydigan qurilma ixtiro qilib patent olgan. Ammo yangi uskunani ishlab chiqarish uchun puli yetmagan. Patentni amerikalik Jetskob Fasselga sotishga majbur bo‘lgan. Fassel 1851 yilda Baltimorda birinchi muzqaymoq ishlab chiqaruvchi zavod qurgan. O‘shandan buyon o‘tgan 170 yildan ko‘proq vaqt davomida muzqaymoq tayyorlash usulini takomillashtirish bir daqiqa ham to‘xtagani yo‘q.
* Tabobat otasi Gippokrat muzlatilgan meva sharbati va qiyomini kayfiyatni ko‘taruvchi va organizmni tetiklashtiruvchi mahsulot sifatida o‘z mijozlariga tavsiya qilgan.
* Gyote bolaligidan muzqaymoqni yaxshi ko‘rishini aytgan va onasi bir kuni uning oshqozoni muz va shakar qo‘shilgan shirinlikni hazm qilolmaydi, deb muzqaymoq to‘la likopni tashqariga uloqtirganini alam bilan eslaydi. Muzqaymoq o‘sha paytda qimmat va tansiq bo‘lgan.
Tog‘aymurod Shomurodov tayyorladi.