Nabiralarga ustozlar, ular qoldirgan ibrat haqida so‘zlab beryapman

Bugungi karantin, odamlarning sabri sinovdan o‘tayotgan ayni kunlarda hayotimda o‘chmas iz qoldirgan ustozim, "Sog‘lom avlod uchun" ordeni sohibasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Ibodat Kalonovaning ibratli ishlari, tashabbuskorligi haqida farzandlar, nabiralarimga so‘zlab beryapman.
Samarqand davlat tibbiyot institutini bitirgach, I.Kalonova qariyb qirq yil Samarqand tayanch tibbiyot kollejida o‘qituvchi, direktor o‘rinbosari vazifalarida mehnat qildi. Men kabi yuzlab shogirdlarni kamolga yetkazdi. Ibodat Kalonova agar hayot bo‘lganlarida bugun 70 yoshga to‘lgan bo‘lardi.
Ustozning oxiratlari obod bo‘lsin!
Alloh yaratgan maxluqotlar ichida eng aziz va mukarrami inson. Shu bois bo‘lsa kerak, insonning yoshu qarisi, ayolu erkagi birdek qimmatli. Dinimiz inson qadrini shu daraja yuqori ko‘targanki, u hayotligi davrida ham, olamdan o‘tgandan keyin ham hurmati birdek qadrlanaverar ekan.
Ahmadjon NIZOMOV.