National Geographic O‘zbekistonda fotosuratlar oladi
AQSh da faoliyat olib boradigan Fotography Life ijodiy guruhi dunyoga mashhur National Geographic jurnali uchun O‘zbekistonda keng miqyosli suratga olish ishlarini olib boradi.
Bu haqda uzdaily.uz xabar beryapti.
Suratga olish guruhi fotograflari 24 kun davomida O‘zbekistonning barcha hududlarida bo‘lib xorijlik sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan turli ob’yektlarni va yo‘nalishlarni suratga tushiradi.
Ushbu ijodiy guruh delegatsiyasini O‘zbekistonga taklif etish g‘oyasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan.
National Geographic jurnali — AQSh Milliy Geografiya jamiyatining rasmiy jurnali hisoblanadi. U 1888 yilda tashkil etilgan. Ushbu jurnal dunyoning ko‘plab davlatlarida turli tillarda chop etiladi. Ushbu jurnalda dunyoning turli mamlakatlarining geografiyasi, tabiati, tarixi, ilm-fani, madaniyati haqida maqolalar turli qiziqarli suratlar bilan boyitilib chop etiladi.