“Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida ham fotoqopqonga “tushgan” jonivorlar taqdim etilmoqda
- 26.09.2022 12:47
- 65
- Jamiyat
Shu kungacha yurtimizdagi Hisor va boshqa bir qator qo‘riqxonalar tomonidan joylashtirilgan fotoqopqonlarga tushib qolgan hayvon va qushlar haqda bir necha xabarlar chop etilgandi.
Endilikda “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida ham shunday amaliyot yo‘lga qo‘yilgan ko‘rinadi. Viloyat Ekologiya boshqarmasi mazkur tabiat bog‘idagi fotoqopqonda aks etgan bir nechta kadrlarni taqdim etdi.
“Zarafshon” milliy tabiat bog‘i Zarafshon va Turkiston tog‘ tizmalariga yaqin va Zarafshon daryosining muhofaza qismida joylashganligi sababli, bu yerda ko‘plab turdagi jonivorlarni uchratish mumkin.
Masalan, foto qopqonga muhrlangan sut emizuvchilardan - Quloqdor tipratikan, Cariq yumronqoziq, Chiyabo‘ri, Sariq sassiqko‘zan shular jumlasidan bo‘lib, to‘qay o‘rmon mezboni hisoblanishadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa