Navro‘z bahona o‘quvchilar iqtidorlarini namoyish etdi

Ishtixon tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
- Bayram tadbiri nafaqat ma’naviy-ma’rifiy tarzda o‘tkazildi, balki sport musobaqalariga ham boy bo‘ldi, - deydi maktab direktori Sherali Po‘latov. - O‘quvchilarimiz sahna ko‘rinishlari, sport bellashuvlari hamda pazandalik borasida o‘z iqtidorlarini namoyish etdi.
Tadbir yakunida g‘olib jamoa va o‘quvchilarga esdalik sog‘alari topshirildi.
Baxtiyor Musirmonov.