Nazarboyevning qarindoshi, Qozog‘istonning eng boy odamlaridan biri Bo‘ranboyev 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Ostona jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tadbirkor Qayrat Bo‘ranboyevni mol-mulki musodara qilingan holda 6 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Uning ishonchli vakili Roman Naxanov ham xuddi shunday jazoga tortildi.
Ish bo‘yicha uchinchi ayblanuvchi, "QazaqGaz" AJ boshqaruvi raisining sobiq o‘rinbosari Januzak Tayyr besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Moliyaviy monitoring agentligining bir kun avval xabar berishicha, Bo‘ranboyev tergov davomida 90 milliard tengedan ortiq qiymatdagi mulkni, jumladan, neft koni, gaz taqsimlash korxonasi, xizmat ko‘rsatish korxonasi, mehmonxona va savdo-ko‘ngilochar majmualari, savdo-ko‘ngilochar majmua aktivlarini davlat mulkiga qaytargan.
Boranbayev avvalroq tabiiy gaz olib kirishda mablag‘ o‘g‘irlanishi bo‘yicha tergov doirasida 14,5 milliard tenge miqdoridagi moddiy zararni qoplagan.
Taniqli qozoq oligarxi, McDonald’sning Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi va Belarusdagi franchayzi, 56 yoshli Qayrat Boranbayev Qozog‘istonning eng boy odamlaridan biri, mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qarindoshi. Boranboyevning qizi Nazarboyev nevarasiga turmushga chiqqan.