Nega keksalarning ongi chigallashadi?
De Las Clinicas direktori va San-Paulu tibbiyot universiteti dotsenti, shifokor Arnaldo Lixtenshteyn suyuqlikning klinik iste’moli to‘g‘risida shunday izoh qoldirgan:
Qariy boshlagan odamlar ongi chigallashib qolishining sababi nimada?
- Bu suvsizlanish!
Hazil bo‘lib tuyulishi mumkin, lekin bu juda muhim sabab. 60 yoshdan oshgan odamlar odatda chanqoqlikni sezmaydi. Atrofida suv ichish kerakligini eslatadigan hech kim bo‘lmasa, ular tezda suvsizlanadi.
Suvsizlanish butun tanaga jiddiy ta’sir qiladi va mushaklarning kuchsizligi, charchoq, ruhsizlanish, qon bosimining pasayishi, yurak tez urishi, ba’zi hollarda koma va hatto o‘lim sababi bo‘lishi mumkin.
60 yoshdan oshgan odamlarning ichki muvozanat mexanizmlari sust ishlashi tufayli ularda suv zaxirasi ham, unga bo‘lgan talab ham past. Bu tabiiy qarish jarayonining bir qismidir.
Xulosa:
60 yoshdan oshganlar nafaqat suvning kamligi, balki tanasidagi suv yetishmasligini his qilmasliklari tufayli suvsizlanadi.
Maslahat:
Ko‘proq suv ichishga odatlaning. Sharbatlar, choy, sut, sho‘rvalar, tarvuz, qovun, shaftoli va ananas kabi suvga boy meva va mahsulotlarni iste’mol qiling. Apelsin va mandarin ham yaxshi ishlaydi. Muhimi, har ikki soatda bir oz suyuqlik ichish kerak. Shuni yodda tuting!
Oila a’zolari 60 yoshdan oshgan odamlarga doimo suyuqlik taklif qilishi lozim. Agar ular asabiy yoki kundan-kunga parishonxotir bo‘lganliklarini sezsangiz, bilingki, bu suvsizlanishning deyarli takroriy alomatlaridir.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.