Nega yosh bolalar televizor ko‘rmasligi kerak?: Olimlardan kutilmagan javob
Aksariyat ota-onalar muammo faqat ko‘rish qobiliyatining buzilishi bilan bog‘liq deb o‘ylab, uzoq vaqt davomida farzandlariga televizor yoki smartfonda video ko‘rishga ruxsat berishmaydi.
Yaponiyalik olimlar yosh ota-onalarga bu masalaga boshqa tomondan yondoshib, xulosa qilishga maslahat bermoqda.
Tadqiqotlar bir yoshdan oshgan bolalarning televizor yoki gadjetlarda tez-tez video ko‘rib turishi autizm xavfini oshirishini aniqladi.
Yamanasi universiteti tadqiqotchilari ish natijalari “JAMA Pediatrics” jurnalida chop etildi.
O‘rganish tafsilotlarigi ko‘ra, tadqiqotchilar bolalar kun davomida ekranlar (televizor, gadjetlar, kompyuterlar) qarshisida qancha vaqt o‘tkazishi bilan qiziqib, 84 ming nafar bir yoshli bolalarning onasi o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi.
Ikki yildan so‘ng o‘tkazilgan keyingi so‘rovda ota-onalardan 2-3 yoshli farzandlari rivojlanishidagi buzilishlar (shu jumladan, asabiylik, injiqlik, itoatsizlik) aniqlanganligi haqida savollar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, autizm tashxisi qiz farzandlarga qaraganda o‘g‘il bolalarda tez-tez qo‘yilgan (yaponiyalik olimlarning tadqiqot guruhida o‘g‘il bolalar qizlarga qaraganda 3 barobar ko‘p bo‘lgan).
Shuningdek, bir yoshdan oshgan bolalarning ekran qarshisida bo‘lgan vaqti va tashxis o‘rtasidagi bog‘liqlik ham tasdiqlandi.
Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, umuman ekran qarshisida bo‘lmaganlarga nisbatan, yil davomida kuniga bir soatdan televizor tomosha qilgan 3 yoshli bolalarda autizmga chalinish xavfi 38 foizga oshgan.
Kuniga ikki soatgacha televizor ko‘rgan o‘g‘il bolalarda xavf ikki baravarga, 2 soatdan 4 soatgacha ekranlar (monitor, qompyuter, telefon) qarshisida vaqt o‘tkazganlarda og‘ish xavfi 3 baravarga oshgan.