Netanyaxuning uyi oldida isroilliklar chodirlar qurishdi

G‘azo sektorida garovga olingan isroilliklarning yaqinlari Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Quddusdagi uyi oldida palatkalar qurib, Falastinning HAMAS radikal harakati bilan mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha zudlik bilan kelishuvga erishishni talab qildi.

Bu haqda The Times of Israel gazetasi xabar bergan.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Netanyaxu istiqomat qiladigan Quddusning G‘azo ko‘chasiga chodirlar o‘rnatishdan oldin kichik miting o‘tgan, unda asosiy talab HAMAS bilan garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha zudlik bilan kelishuv tuzish bo‘lgan. Chodirlar yonida mahbuslarning tezroq uylariga qaytishlarini talab qiluvchi bannerlar o‘rnatilgan.

"Biz bolalarimizni HAMASga nafratimizdan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘ramiz", deyiladi plakatlardan birida.

Namoyishchilar “Bosh vazir garovga olinganlarni qaytarish bo‘yicha kelishuvga rozi bo‘lmaguncha” o‘z chodirlarida qolish niyatida.