Neva daryosidan o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi (Rossiya) 2019 yil 3 oktyabr kuni Leningrad viloyati hududida Neva daryosida O‘zbekiston fuqarosi Sh.M.ning jasadi topilganini ma’lum qilgan.

TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda tibbiy ekspertiza o‘tkazilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va jasadni vatanga yuborish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda marhumning qarindoshlariga yordam bermoqda.