Nigeriyada o‘g‘irlangan yuzlab bolalar ozod qilindi
Nigeriyaning Kankara shahridagi maktab-internatdan islomchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan yuzlab o‘g‘il bolalar ozod qilindi. Bu haqda The Guardian yozadi.
Operatsiya tafsilotlari aytilmagan. Shuningdek, bolalar uchun to‘lov to‘langanligi ham noma’lum. Shunga qaramay, 344 nafar o‘g‘il bolalar uyiga qaytdi. Rasmiylar bu o‘g‘irlanganlar aksariyati yoki ularning hammasi ham bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilmoqda.
Bolalarning ozod qilinishiga qaramay, jinoyatni aniq kim amalga oshirgani hanuzgacha noma’lum. Shubha o‘g‘irlikka javobgarlikni bo‘yniga olgan "Boko Haram" islomiy guruhiga tushmoqda. Biroq ularning operatsiyada qanchalik ishtirok etgani hali aniq emas.
11 dekabr kuni bir guruh jinoyatchilar Kankardagi maktab-internatga hujum qilishdi. Noma’lum shaxslar mototsiklda kelib, tartibsiz otishma boshlagan. Hujum Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxori shtatga tashrifidan 48 soat o‘tgach sodir bo‘ldi.
"Boko Haram" 2015 yil mart oyida "Islomiy davlat" terrorchilik guruhiga sodiqligiga qasamyod qildi. Shundan so‘ng u o‘z nomini «Islomiy davlatining g‘arbiy Afrika viloyati»ga o‘zgartirdi. «Boko Haram» tartibsizliklar, xristian cherkovlari va politsiya uchastkalariga hujumlari va qizlarni ommaviy ravishda o‘g‘irlash bilan shug‘ullangani orqali tanilgan.
G.Xoldorova tayyorladi.