G‘arbiy Afrikada ekstremistlar hujumi tufayli 58 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda RIA Novosti harbiy manbaga asoslanib xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, qurollangan noma’lum kishilar Mali chegarasi yaqinidagi Nigerning g‘arbiy qismidagi qishlog‘iga hujum qilishdi. Oxirgi paytlar jangarilar agar mahalliy aholi ekstremistik guruhlarga yordam ko‘rsatmagan taqdirda qon to‘kilishi haqida po‘pisa qilgan edi.

Avvalroq Efiopiyaning Afrika g‘arbidagi Benishangul-Gumuz hududidagi Metekel mintaqasida uyushtirilgan xunrezlik oqibatida 100 kishidan ziyod tinch aholi o‘ldirilgan edi. “Daily Mail” nashrining xabar berishicha, o‘qotar qurol, pichoq, kamon va nayzalar bilan qurollangan terrorchilar erta tongda Bekodji qishlog‘iga hujum qilishgan edi. Tinch aholini shafqatsizlarcha qirish tushga qadar davom etdi. Zolimlar shuningdek, uy va ekinlarni yoqib yuborishgandi.