Suriya kurdlari O‘zbekistonga "ID" jangarilarining 148 nafar xotin va bolalarini topshirdi

Jangarilar oilalari Dayr-az-Zor provinsiyasida o‘tkazilgan operatsiya vaqtida "Suriya demokratik kuchlari" arab-qurd otryadlariga taslim bo‘lgan.

Suriya qurdlari "Islom davlati" jangarilarining 148 nafar xotinlari va bolalarini O‘zbekiston hukumatiga topshirganligi haqida e’lon qildi. Bu haqda Suriya shimoli-sharqidagi o‘z-o‘zini boshqarish organlariga tayangan holda qurdlarning ANHA agentligi xabar bergan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar oilalari Dayr-az-Zor provinsiyasida o‘tkazilgan operatsiya davomida "Suriya demokratik kuchlari" (SDF) arab-qurd otryadlariga taslim bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, Suriyaning Kamishli shahrida o‘tkazilgan matbuot-anjumanida qurdlarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari jangarilar oilalari a’zolari O‘zbekiston hukumatiga topshirilgani haqida e’lon qilgan. Matbuot-anjumanida O‘zbekistonning BAA bosh konsuli ishtirok etgan.

Bolalarning yoshi va boshqa ma’lumotlar hozircha ochiqlanmagan.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda yosh olimlar bilan uchrashuvda bu haqda qisqa to‘xtalib o‘tgan. Davlat rahbari bolalar tarbiyasi bo‘yicha alohida topshiriq berishini ta’kidlagan.