Nigeriyada 300 nafardan ortiq maktab o‘quvchilarini kim o‘g‘irlagani aniqlandi
Nigeriyaning Katsina shtatida joylashgan maktabdan 333 nafar o‘quvchi o‘g‘irlanishini radikal islomiy «Boko Haram» guruhi bo‘yniga oldi.
Terroristik tashkilotning yetakchisi Abuba Akar Shekau seshanba kuni e’lon qilingan audiomurojaatida hujumni "G‘arb ta’limiga qarshi harakat", deb atadi. Olti yil oldin aynan u Nigeriyaning shimoli-sharqidan qariyb 700 kilometr naridagi shtatning Borno shahrida maktab-internat yotoqxonasidan 276 qizni o‘g‘irlashni uyushtirgan.
Mutaxassislar jihodchilarning mintaqadagi ta’sir doirasi sezilarli darajada kengaygani haqida bildirishmoqda.
Uch kun oldin bedarak yo‘qolganlarning eng kichigi atigi 10 yoshda.
Hukumat rasmiylarining ta’kidlashicha, bosqinchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Prezident Muhammad Buxoriyning tug‘ilib o‘sgan shtatidagi bunday yovuzlik hukumatning mamlakatda xavfsizlikni ta’minlay olmagani uchun qattiq tanqid fonidagi holat, deya baholanmoqda.
Birgina, joriy yilning o‘zida bu yerda mahalliy jinoiy guruhlar harakatlari natijasida yuzlab odamlar halok bo‘ldi. Politsiya ularning "Boko Haram" bilan aloqadorligini aniqlamoqda.