Nodirbek Abdusattorov "Tata Steel Chess-2024" musobaqasida 3-o‘rinni egalladi
- 29.01.2024 17:46
- 122
- Sport

Niderlandiyada bo‘lib o‘tgan "Tata Steel Chess-2024" musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqaning 13-tur o‘yinlaridan keyin hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Aleksandr Donchenkoni mag‘lubiyatga uchratib, ochkolari sonini 8,5 taga yetkazib olgandi.
Bir yo‘la 4 nafar shaxmatchi 8,5 ochko to‘plagani sababli g‘olib tay-brekda aniqlanadigan bo‘ldi. Qo‘shimcha partiyalarda Nodirbek Abdusattorov, Anish Giri, Gukesh va Yi Vey ishtirok etdi.
Qur’aga ko‘ra, Nodirbek xitoylik Yi Vey bilan to‘qnash keldi va 0,5 : 1,5 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa u uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.
Yakunda final bahsida Gukeshni taslim etgan Yi Vey nufuzli musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Кибр ила исроф — камбағалликкелтиради
- Kecha, 16:07
- Mutolaa
Mutolaa: Xaloskor
- 29/03, 21:04
- O'qing, qiziq!
Ramazon hayiti – ezgulik va birdamlik bayrami
- 29/03, 15:32
- Jamiyat