Nokia Rossiyani tark etdi
Finlyandiyaning Nokia telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchisi Rossiya bozoridan chiqishini e’lon qildi.
“Bosqinning dastlabki kunlaridanoq Nokia Rossiya bozorida qolishi mumkin emasligi ayon bo‘lgan edi”, — deyiladi kompaniya bayonotida.
Nokia bu qaror uning pozitsiyasiga global miqyosda ta’sir qilmasligini aytdi – Rossiya kompaniya bozorining atigi 2 foizini tashkil qiladi.
Kompaniya o‘z xodimlariga g‘amxo‘rlik qilishni va’da qilmoqda, shuningdek, "gumanitar sabablarga ko‘ra" o‘z jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Nokia korporatsiyasi mobil, statsionar, keng polosali va IP-tarmoqlari uchun Finlyandiyaning transnatsional telekommunikatsiya uskunalari kompaniyasidir. Bosh qarorgohi Finlyandiyaning Espoo shahrida joylashgan. Butun dunyo bo‘ylab 6,4 milliard iste’molchiga xizmat ko‘rsatadi.
Nokia bilan birga Internet-provayder va uyali aloqa operatorlari uchun uskunalarning asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lgan Ericsson ham kecha Rossiyadan chiqishini e’lon qildi.