Nol rezus–faktorli «oltin qon»

U hayotni saqlab qolish bilan birga xavfli ham bo‘lishi mumkin

Nol rezus-faktor (Rh-omil)li «oltin qon» sayyoradagi eng kam uchraydigan qondir.

1961 yilgacha butun dunyo olimlari nol Rh-omilga ega bo‘lgan barcha embrionlar bachadonda nobud bo‘lishiga ishonishgan. Bugungi kunga qadar garchi ular ko‘proq bo‘lsa-da, dunyoda bunday qonning 43 ta egasi ma’lum.

XVII asrga qadar insoniyat qon haqida juda noaniq tasavvurlarga ega edi. 1628 yilda ingliz shifokori va anatomi Uilyam Garvey insondagi qon aylanishini kashf etdi. Ko‘p o‘tmay, qon quyish bo‘yicha birinchi urinishlar amalga oshirildi, muvaffaqiyatsiz tajribalar hayvonlar va odamlarning o‘limi bilan yakunlandi.

Taqiqlarga qaramay, ba’zida hayotni saqlab qolish uchun qon quyish qo‘llanilib kelingan. 1815 yilda akusher Jeyms Blundell tug‘ruqdan keyingi qon ketishidan aziyat chekkan bemor hayotini aynan shu usul yordamida saqlab qoldi.

Avstriyalik shifokor va biokimyogar Karl Landshtayner qonning turlarini aniqlaganigacha qon quyish 1901 yilgacha noqonuniy bo‘lgan. 1909 yilda Landshtayner o‘z ishining natijalarini e’lon qildi va dunyoni 1, 2, 3 va 4 - to‘rtta qon guruhi bilan tanishtirdi. Ushbu kashfiyot uchun olim 1930 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Qondagi eritrotsitlar ba’zida RhD oqsilini o‘z ichiga oladi. U mavjud bo‘lganda, Rh-omil ijobiy, agar yo‘q bo‘lsa, salbiy hisoblanadi.

Salbiy rezus-faktori bo‘lgan odamlar universal donorlar hisoblanadi. Chunki ularning qizil qon tanachalarida 2 va 3 guruh antigenlari, shuningdek, RhD oqsili yo‘q. Shu sababli immunitet tizimi begona qonni payqamasdan, uning tanaga erkin kirishiga imkon beradi.

Aslida, har qanday odamning qonida antigenlarning ko‘plab birikmalari mavjud. RhD oqsili murakkab rezus-faktor tizimidagi 61 ta mumkin bo‘lgan oqsillardan biridir. Agar eritrotsitlar 61 turdagi oqsillarga ega bo‘lmasa, bunday rezus-faktor nol, bunday qon esa “oltin” deb ataladi.

  “Oltin qon” nafaqat eng noyob, balki yagona – universal qondir. Bunday qonni har qandayguruh va rezus qoni bo‘lgan odamlarga xavfsiztarzda quyish mumkin. Biroq, bunday universal qon egasini omadli deb atash qiyin, chunki uning qoni boshqalar hayotini saqlabqoladi, lekin o‘z najot imkoniyatlarinisezilarli darajada kamaytiradi.

Gap shundaki, “oltin qon” egasiga faqat nol rezus-faktori bo‘lgan boshqa noyob odamningqoni quyilishi mumkin. Boshqacha aytganda, agar bunday ehtiyoj paydo bo‘lsa, “omadli” kishi uchun donor topish nihoyatda qiyinbo‘ladi. Shuning uchun nol Rh-faktori bo‘lganba’zi odamlar, har ehtimolga qarshi, hayotlaridavomida o‘zlari uchun qon topshiribqo‘yishadi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.