Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Ukrainada yuqori martabali amaldorlarga telegram ta’qiqlanmoqda

🔹 G‘azo sektoridan Isroil markaziga uzoq masofali raketalar bilan zarba berildi. Jarohatlanganlar bor.

🔹 Karachi shahridagi sodir bo‘lgan portlashda ikki Xitoy fuqarosi halok bo‘ldi, yana biri yaralandi. Yakshanba kuni kechqurun Xitoy tomonidan moliyalashtiriluvchi korxona avtokarvoni terrorchi hujumiga uchragan. Uni Balujiston ozodlik armiyasi o‘z zimmasiga olgan.

🔹Eron aeroportlari reyslarni qabul qilish va jo‘natish ishlarini tikladi. Mamlakatda barcha reyslar kecha kechqurun bekor qilingan edi. Sababi "operativ cheklovlar" ekani aytilmoqda.

🔹 Eron yetakchisi Ali Humanaiy 2023 yil 7 oktyabr kuni HAMASning Isroilga hujumiga izoh berib, bu voqea yahudiy davlatini “70 yil”ga orqaga surganini aytdi.

🔹OAV Xitoy razvedkasi AQShning uchta yirik internet provayderini buzib kirgani haqda xabar tarqatdi.

🔹 Singapur bosh vaziri Lourens Vong dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi yetakchisiga aylandi. Vong yiliga taxminan 1,69 million dollar ishlaydi va yiliga taxminan 570 ming dollar bilan ikkinchi o‘rinni egallagan Shveysariya prezidenti Viola Amherddan sezilarli darajada oldinda.

🔹 Gruziya parlamenti prezidentning impichment jarayonini qayta boshladi.

🔹 Qrimdagi eng yirik neft omborida yong‘in sodir bo‘lib, favqulodda holat joriy etildi.

🔹 Yevropadagi eng ko‘p noqonuniy migrantlar Buyuk Britaniyada yashaydi. Mamlakatda 745 ming nafargacha noqonuniy muhojir bor, bu Fransiyadagidan deyarli ikki yarim baravar ko‘p. Ikkinchi o‘rinni 700 minggacha noqonuniy migrantlar istiqomat qiladigan Germaniya egallagan.

🔹 Milliarder Ilon Mask AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampni qo‘llab-quvvatlash maqsadida X ijtimoiy tarmog‘idagi profil suratini o‘zgartirdi.

🔹 Husiylar 2023 yil noyabridan beri 190 dan ortiq kemaga hujum qilgani ma’lum qilindi.

🔹 Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining “Al-Quds” maxsus kuchlari qo‘mondoni Ismoil Qaani Isroilning 27 sentyabr kuni Bayrutga bergan zarbasidan beri aloqaga chiqmagan.

🔹 Ukraina Oliy Radasi devonining mansabdor shaxslariga o‘z telefonlariga Telegram messenjerini o‘rnatish va ish maqsadlarida foydalanish taqiqlandi.