Noma’lum okean

 

Yer yuzida nechta okean bor? Bu savolga har qanday odam ko‘zini yumib javob beradi – to‘rtta. Ammo yana bir okean bor...

Xullas, biz bilgan okeanlar - Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy muz okeanlari. Biroq yaqinda olimlar hayratomuz kashfiyot qildilar. Aniqlanishicha, Yerning 700 kilometr chuqur qa’rida yana bitta okean mavjud ekan. Uning kattaligi sayyoramizdagi to‘rt okean yuzasini qo‘shib hisoblanganda ham ziyod ekan.

Bu kashfiyot Yerda suv muz kometalari sharofati bilan paydo bo‘lgan, degan nazariyani shubha ostiga qo‘yadi. Shuningdek, maktab darsliklarida hozirda o‘qitilayotgan tabiatda suv aylanishi dasturini qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi.

Tillaga teng shokolad

Shokolodxo‘rlar hushyor bo‘ling, bu shirinlikkadunyo zaxirasini barbod qiluvchi virus tahdid solmoqda. Xo‘sh, o‘zi nima gap?

Texas universiteti (AQSh) olimlari Ganadagi kakao daraxtlariga batamom yo‘qolib ketish xavfi tahdid solayotganiga e’tibor qaratdilar. Unsimon qurt, ya’ni virus tarqalishi ana shunday muammo tug‘dirmoqda. Uning tarqalishi 15 foizdan 50 foizgacha hosilni nobud bo‘lishiga olib keladi.

Unsimon qurt kakao daraxtlari bargi, qobig‘i, guliga qiron keltiradi va ularni quritadi. Hozircha virusga qarshi pestisidlar yordam bermayapti, sababi, ular fermerlar uchun juda qimmat. Oqibatda fermerlar va shokolad ishlab chiqaruvchilar shirinlik narxini bir nechta barobar oshirishiga majbur bo‘lmoqda.

T.Shomurodov tayyorladi.