Noma’lum to‘da Braziliyaning ikkinchi shahrini o‘qqa tutib, banklarni talon-toroj qildi

Qurollangan jangarilar Braziliyaning Kameta shahrini (Para shtati) qamal qilib, mahalliy banklarni talon-toroj qilishdi. Bu haqda G1 portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, noma’lum jinoyatchilar o‘nlab mahalliy aholini garovga olib, ulardan jonli qalqon sifatida foydalangan. Hujumchilar shaharni bir soatdan ko‘proq vaqt o‘qqa tutdi. So‘ngra mashina va qayiqlarda qochib qolishdi. Hozircha jabrlanganlar haqida xabar yo‘q. Mahalliy aholi ijtimoiy tarmoqlarda boshidan o‘tkazgan "terror kechasi" haqida yozmoqda.

Bu bir sutkadagi ikkinchi bosqinchilik. Oldinroq Krisiuma shahri (Santa Katarina shtati)da xuddi shunday voqea sodir bo‘lgan. Xususan, to‘da u yerdagi mahalliy bank filiallari va sug‘urtalovchi ofislarini talon-toroj qilishdi. Bundan tashqari, tajovuzkorlar shaharda elektr energiyasini uzishga muvaffaq bo‘lib, politsiya bilan otishmaga kirishdi. Oqibatda, jinoyatchilar shahar chetida avtomashinani portlatib, chekinishga majbur bo‘ldi.

Yozda Braziliyaning 11 hududida mamlakatda eng qudratli deb hisoblangan «Birinchi poytaxt jamoasi» (Primeiro Comando da Capital, PCC) nomli kriminal bandasini qo‘lga olish bo‘yicha yirik operatsiyasi o‘tkazgan edi. O‘shanda banda tarkibiga kiruvchi faqat ayollardan iborat guruhni hibsga olish tartib posbonlarining asosiy maqsadlaridan biri edi.