Nomzodning ishonchli vakili Kattaqo‘rg‘on shahridagi saylovchilar bilan uchrashdi
O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod A.X.Hamzayevning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Shavkat Hasanov Kattaqo‘rg‘on shahridagi saylovchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda nomzodning saylovoldi dasturida ekologiya sohasidagi tarqoq qonunchilik hujjatlarini kodifikatsiya qilish orqali tabiiy resurslardan foydalanish tartibi va talablarini yagona sohaviy kodekslar, jumladan, ekologiya kodeksi, suv kodeksi, O‘rmon kodeksi mustahkamlanishiga oid takliy ilgari surilayotganligi aytib o‘tildi.
Shuningdek halqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, mamlakat manfaatlariga mos keluvchi xalqaro hududiy hujjatlarga qo‘shilish choralari ko‘rilishi ham ta’kidlab o‘tildi.