Noreal qarzdorlik bekor qilindi
Uyushmamizga Past Darg‘om tumanida istiqomat qiluvchi Xolmurod Hamdamov “Pastdarg‘omtumangaz” idorasi unga nisbatan 3 477 004 so‘m va noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan dalolatnomadagi 4 001 809 so‘m noreal qarzdorlik qayd etganini yozib, murojaat qildi. Bu borada qonuniy ko‘mak berishimizni so‘radi.
Ushbu ariza uyushma mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi hamda da’vogar sifatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tumanlararo sudiga murojaat qilindi.
Sudning yakuniy qaroriga ko‘ra, fuqaro Xolmurod Hamdamovning huquqlarini himoya qilishni ko‘zlab kiritgan da’vo arizasi qanoatlantirildi hamda davlat boji javobgar “Pastdarg‘omtumangaz” tashkiloti hisobidan undirilishi lozim, deb qaror chiqardi. Shuningdek, fuqaroga qo‘yilgan barcha qarzdorlik noreal deb topildi.
Uchqun Amirov,
“Shahodat” iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish uyushmasi rahbari.