Norvegiyalik olimlarga ruslarning sochi nega kerak?
Norvegiyalik olimlar Rossiyadan qizlarning sochi solingan bir talay konvertlarni olib ketishmoqchi ekan. Ilgari, 2018 yilda norveg kimyogari Yu.Tomassen tibbiyot fakulteti talaba-qizlarining soch namunalari solingan 76 ta konvertni Rossiyadan olib chiqib ketishga uringan edi. Bojxona nuqtai nazaridan biomaterial hisoblanmaydigan soch namunalari shaxsiy foydalanish buyumi ham emas.
Xo‘sh, unda gap nimada? Yu.Tomassen chegarada ushlab qolinib, musodara qilingan soch bo‘yicha izohida unga bu Arktikada yuqori darajadagi ifloslantiruvchi moddalar labarotoriyasida Arxangelsk universiteti topshirig‘iga binoan tahlil uchun zarur bo‘lib qolibdi.
Boshqa taxminlarga ko‘ra, rossiyaliklarning DNK materiallari taqiqlangan harbiy maqsadlarda, jumladan, irsiy qurol ishlab chiqarishda mahalliy ilmiy tadqiqotlar uchun zarur ekan. Bu qurolning ishlash prinsipi shundayki, u faqat yo‘qotish mo‘ljallangan etnik guruhlarnigina qirib, boshqalarga hech qanday zarar yetkazmaydi.
“AiF” (2020 yil, 37-son) asosida T.Murod tayyorladi.