Nurobodda “Xalqaro qishloq ayollari kuni” tadbirlari o‘tkazildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabridagi yig‘ilishida 15 oktyabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni deb e’lon qilingan.

Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida mazkur sana qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga e’tibor qaratishga, xususan, ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish,   zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni ta’minlashga chaqiradi.

Mamlakatimizda ham “Xalqaro qishloq ayollari kuni” keng nishonlanadi. Jumladan, ushbu bayram munosabati bilan Nurobodda bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Bu tadbirlarda tuman paxta xirmoniga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan faol terimchi ayollar tuman hokimligi sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Nurobodda “Xalqaro qishloq ayollari kuni” tadbirlari o‘tkazildi