Nurobodda yaralangan noyob qush asrab qolindi
- 06.01.2022 19:25
- 349
- Samarqand

Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati Zarnews’ga mazkur voqea haqida xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Nurobod tumani "Po‘latchi" mahallasida yashovchi fuqaro I.Xo‘jamberdiyev 1 yanvar kuni tumanning "Yuksalish" mahallasi hududida qo‘y boqib yurganida o‘ng qanoti yaralangan ukki (Filin) qushini topib olgan va uyiga olib borgan.
Fuqaro ertasi kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining "Ishonch telefoni"ga murojaat qilgan.
Ushbu holatni o‘rganish maqsadida Nurobod tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi davlat inspektorlari I.Xo‘jamberdiyevning xonadoniga borishdi.
Noyob qush Nurobod tumanidagi "Jom zamin ziyosi" hayvonot bog‘iga parvarish qilish uchun topshirildi. Hozirgi vaqtda ukki qushning ahvoli qoniqarli holatda. U tez orada yana tabiat qo‘yniga qo‘yib yuboriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
ОТМда таҳсил олаётган талаба нега репетиторга боряпти?
- 8 daqiqa avval
- Ta’lim
So‘zi va ishi bir saxiy inson
- 10 daqiqa avval
- Mutolaa
Adab ilmida benazir inson
- 2 soat avval
- Mutolaa
Sport maktablariga qabul jarayonlari o‘zgardi(mi?)
- 2 soat avval
- Sport
Keksalar yugurishda yoshlarga o‘rnak bo‘ldi
- 2 soat avval
- Sport