Nurobodlik oila eng ibratli deb topildi

15 may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan Samarqandda "Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi" ko‘rik- tanlovi viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning shahar va tumanlar bosqichlarida 192 nafar ibratli oila 3 ta shart asosida o‘zaro bellashib, shundan 16 nafari tanlovning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgandi.

Ko‘rik-tanlov viloyat bosqichida Nurobod tumanidagi Tegirmonboshi mahallasida istiqomat qiluvchi Abdufattoh Tursunovlar oilasi g‘olib deb topilib, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rin Samarqand shahri G‘iyosiddin Jamshid mahallasidagi Odil To‘xtayevlar oilasiga, uchinchi o‘rin Kattaqo‘rg‘on tumanining Sho‘rak mahallasidan Erkin Rashidovlar oilasiga nasib etdi.

G‘oliblar viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.