Nursulton Nazarboyev partiya yetakchisi vakolatlarini Tokayevga topshirmoqchi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumatning “Nur Otan” («Vatan nuri») partiyasi raisi vakolatlarini mamlakat prezidenti Qosim Tokayevga o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqida sobiq prezident matbuot kotibi Aydos Ukibay ma’lum qildi.

"Siyosiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Nursulton Nazarboyev "Nur Otan" partiyasi raisi vakolatlarini topshirishga qaror qildi va partiyani mamlakat prezidenti boshqarishi kerakligini ta’kidladi. Vakolatni topshirish tartibi partiya ustaviga muvofiq amalga oshiriladi”, deb yozdi Ukibay Twitterda.

Qozog‘istonni qariyb 30 yil boshqargan Nazarboyev 2019 yilning 20 martida prezidentlik lavozimini tark etdi. Biroq Xavfsizlik kengashi rahbari va hukumatning “Nur Otan” partiyasi yetakchisi lavozimlarini saqlab qolgan.

2021 yil aprelida Nazarboyev Qozog‘iston xalqi assambleyasi raisligidan ketishi va bu vakolatlarni respublikaning amaldagi rahbariga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qilgan edi, biroq bu organning faxriy raisi sifatida qoldi.