Sherlok Xolmsning uyi Nazarboyevlarga tegishli
- 05.12.2020 22:45
- 525
- O'qing, qiziq!
Qozog‘istonning sobiq prezidenti oilasi Londondan ko‘chmas mulk sotib oldi, deb yozadi The Times nazetasi. Nashrning aniqlashicha, Beykerstrit ko‘chasidagi mashhur binoning Konon Doylning mashhur izquvar qahramoni Sherlok Xolms yashagan uy 90 foiz Qozog‘iston eks-prezidentining qizi Darig‘a Nazarboyevaga tegishli.
10 foizi esa uning o‘g‘li va sobiq prezident nabirasi Nuraliga rasmiylashtirilgan. Ularga nafaqat Xolmsning uyi, balki 140 million funt turadigan bir nechta qo‘shni uylar ham tegishli. Jurnalistlarning aniqlashicha, aynan Darig‘a 2005 yildan Beykerstritdagi ko‘chmas mulk kompaniyasini nazorat qilib kelgan.
Joriy yilning mart oyida Buyuk Britaniya «asoslanmagan boylik»da gumon qilib Nazarboyevlarning ko‘chmas mulkini “qamoqqa” olgandi. Biroq ular sudda yutib chiqishdi va ularga 100 million dollarlik ko‘chmas mulki qaytarib berildi.
«AiF» (2020 y 48-son) T.ShOMURODOV tayyorladi.