Nyu-York fanlar akademiyasi akademigi camarqandlik fermerlarga dars o‘tdi
Samarqand davlat universitetida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy seminarda klaster usuli va uning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi, Buxoro viloyatidagi “VST Sluster” tomonidan tashkil etilgan tadbirda Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari vakillari, fermerlar hamda klaster tizimida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar rahbarlari taklif etildi.
Seminarda klaster – integratsiya, innovatsiya va iqtisodiy o‘sish, qishloq xo‘jalik texnikalarining klasterdagi ahamiyati, bu tizimni rivojlantirishning ilmiy-amaliy tajribasi va paxtachilik klasterini tashkil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
– Klaster – muayyan yo‘nalishdagi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sohasining mahalliylashtirilgan o‘zaro almashinuvchi elementi, – deydi “VST Sluster” rahbari, Nyu-York fanlar akademiyasi akademigi M.Rahmatov. – Ishlab chiqarishni tashkil etishning klasterli usuli innovatsion jarayonlar uchun eng to‘g‘ri yo‘l. Shu bois, dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlari innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish, boshqarish va rivojlantirishda klasterlardan foydalanadi.
A.PO‘LATOV.