O‘zbekiston – ko‘p millatli hamjihat oila

Jumladan, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga ham alohida e’tibor  berildi. 
O‘zbekiston – ko‘p millatli yurt. Bu zaminda yashayotgan har bir millat vakili uchun barcha imkoniyatlar, diniy erkinliklar yaratilgan. Biz, ozarbayjonlar ham O‘zbekistondagi sharoitlar tufayli o‘zimizning qadriyat va urf-odatlarimizni to‘la-to‘kis amalga oshirmoqdamiz. Millatlarimizning o‘zaro yaqinligi tufayli Navro‘z bayrami, Ramazon va Qurbon hayitlari va boshqa milliy bayramlar ikki diyorda ham deyarli bir xil tarzda nishonlanadi. Yil sayin davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar yaxshilanib bormoqda. O‘tgan yili bir guruh samarqandliklar o‘zaro ta’lim va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Ozarbayjonga tashrif buyurgandik. Bu yil noyabr oyida Samarqand davlat universitetida Saidrizo Alizoda sharafiga xona ajratilib, xona Ozarbayjon milliy madaniyati namunalari bilan jihozlandi. Qardosh xalqlarni yanada yaqinlashtirish uchun ikki mamlakat adiblari ijodi tarjimasi orqali kitoblar holida nashr etib, kutubxonalarga tarqatyapmiz. 
Samarqandda hozirgi kunda 5000 ga yaqin ozarbayjon millatiga mansub aholi istiqomat qilmoqda. Ularning har biri bu yerda o‘zlari uchun yaratilgan sharoitdan mamnun holda hayot kechirayotganidan shod. 


Odil MIRZAYeV, 
viloyatdagi Ozarbayjon milliy madaniyat
markazi rahbari.