O‘zbekistonning ardoqli shoiri Azim Suyun olamdan o‘tdi

Bugun, 9 mart kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Azim Suyun olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar qildi.
Ma’lumot o‘rnida: Azim Suyun 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyati Nurota tizma tog‘lari etagiga joylashgan Quduqcha qishlog‘ida tug‘ilgan. Nakurt qishlog‘ida Suyun bobosi tarbiyasida o‘sib ulg‘aydi. Uning otasi Olim savodxon bo‘lganiga qaramay, «quloq»ning‘ o‘g‘li bo‘lgani uchun qo‘liga cho‘ponlik tayog‘ini olishga majbur bo‘lgan. Jurnalistika fakultetini bitirgan. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Xalq so‘zi», «O‘zbekiston ovozi» gazetalarida, «Guliston» jurnalida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi noibi va Jahon Madaniyat va san’at akademiyasi a’zosi edi.
Shu paytgacha o‘zbek tilida nashr etilgan to‘plamlari:
- «Mening osmonim» - 1978.
- «Zarb» - 1979.
- «Zamin taqdiri» - 1981.
- «Xayolot» - 1984.
- «Ziyo yo‘li» - 1986.
- «Jazo» - 1987.
- «Olis tonglar» - 1989.
- «Kuyganim - suyganim» - 1994.
- «Qora ko‘zing sening» - 1994.
- «Sarbadorlar» - 1994.