OAV ochiqlik bo‘yicha vazirlik va boshqa idoralar reytingi e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tomonidan 2023 yilning iyul va dekabr oylarida Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining axborot jihatdan ochiqligi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, 2023 yil yanvaridan dekabriga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelgan 21 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining 50 ta eng ko‘p o‘qiladigan elektron milliy OAVdagi chiqishlari monitoring qilindi va yakuniy reytingi tuzildi.

Reyting ko‘rsatkichlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari to‘g‘risida chop etilgan maqolalar va ko‘rishlar soni, shuningdek tanqidiy munosabatlar asosida shakllantirishni nazarda tutadi.
Monitoring natijalariga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar, Adliya, Ichki ishlar, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari faoliyati axborot jihatdan ochiqlik talablariga mos kelgan holda yuqori o‘rinlarni egallashdi, Transport, Tog‘-kon sanoati va geologiya hamda Madaniyat vazirliklari esa eng quyi ko‘rsatkichlarni qayd etishdi.

2023 yil uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining axborot jihatdan ochiqligi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalari quyidagi havolada.