Obodonlashtirish, tozalik kunlik ishimizga aylansin

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand shahar tashkiloti vakillari Samarqand shahrida jamoatchilik nazorati tadbirini o‘tkazdi.
Tadbir davomida shaharda ekologiya bilan bog‘liq bir necha salbiy holatlar kuzatildi. Masalan, Yoshlik mahallasi hududida barpo etilayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish ishlari olib borilayotganligi sababli avtomobil yo‘liga qurilish materiallari to‘kib tashlangan, Vatanparvar mahallasidagi istirohat bog‘ida ko‘p yillik daraxt ko‘chatlari sug‘orilmagan, hudud obodonlashtirilmagan, ayrim maydon va yo‘laklar cheti begona o‘tlardan tozalanmagan.
Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami yaqinlashyapti, Qolaversa, Samarqand shahrida ko‘plab xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.
Biz jamoatchilik nazorati davomida mavjud holatlarni bartaraf etish maqsadida tadbirkolarga huquq va majburiyatlarini tushuntirdik. “Vatanparvar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va faollarga istirohat bog‘ini tartibga keltirish, daraxtlarni sug‘orish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha kerakli tavsiyalarimizni berdik. Lekin ayrim joylarda obodonlashtirish ishlarining ahvoli haminqadar ekani mutasaddilarni hushyor torttirishi kerak.
Uchqun Amirov,
Ekopartiyaning Samarqand shahar tashkiloti raisi.