«Ochiq byudjet» portalida «Mening yo‘lim» loyihasiga taklif qoldirish boshlandi

«Mening yo‘lim» loyihasi tuman (shahar) byudjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50 foiz qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Qayd etilishicha, «Mening yo‘lim» loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun 312 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilishi belgilangan. Loyiha doirasida taklif kiritish jarayoni joriy yilning 27 aprel sanasiga qadar davom etadi. Kiritilgan takliflar uchun ovoz berish jarayonlari 28 apreldan 7 may kuniga qadar o‘tkaziladi.