Odobnoma: Mo‘ljal

Ustoz shogirdidan so‘radi:
-Nega deraza oynasiga tosh otilsa, u sinadi?
-Chunki tosh og‘ir, - javob berdi birinchisi.
-Chunki oyna sinuvchan, - dedi ikkinchisi.
-Chunki toshni uloqtirgan qo‘l kuchli, zarba esa aniq, - javob berdi uchinchisi.
-Uchovlaringiz ham to‘g‘ri javob bermadingizlar, - dedi ustoz. – Deraza shuning uchun singanki, u yopiq bo‘lgan!
Yo‘lda ochiq ko‘ngil bilan yurishni o‘rganing. Shunda dushman aniq mo‘ljal ololmaydi, o‘qi yonlab o‘tadi, qalbni sindirmaydi.
“Hikmatlar javohiri” kitobidan.