Oila davlat muhofazasida
Afsuski, yoshlar orasida haliyam shar’iy nikoh bilan turmush qurayotganlari uchrab turibdi. Bu orada farzandli bo‘lib, ajrashib ketayotgan oilalar ham bor. Shunday payti ayol o‘z huquqlarini talab qilib, turli idoralarga murojaat qiladi. Rasmiy nikohi bo‘lmagani tufayli bunday holatda ayol farzandini yolg‘iz ona sifatida rasmiylashtirgani uchun garchi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgunga qadar birga yashab kelayotgan bo‘lsa-da, ko‘p huquqlardan mahrum bo‘lib qoladi.
Bo‘limga murojaatlar ichida yolg‘iz ona sifatida rasmiylashtirayotgan ayollarning o‘z turmush o‘rtog‘i bilan yashayotganligi, faqat bolaga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma olish uchun shu nomni tushunib-tushunmay bo‘yniga olayotgani haqida alohida to‘xtalamiz. Vaholanki, oila qurganda har bir inson turmush o‘rtog‘i bilan qo‘sha qarishni, farzandlarini birgalikda tarbiyalab, voyaga yetkazishni niyat qiladi. Turmush o‘rtog‘i bilan yashagani holda yolg‘iz ona deb hujjat to‘g‘rilash qadriyatlarimizga ham mutlaqo zid-ku.
Kamola AGZAMOVA,
Kattaqo‘rg‘on tuman FHDYo bo‘limi mudirasi.