Oila qurish yoshiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida” qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda “Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilanadi”.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda “Nikoh yoshi erkaklar uchun o‘n sakkiz, ayollar uchun o‘n yetti yosh”.  Yangi loyiha ayollar uchun ruxsat etilgan nikoh yoshini o‘n yettidan o‘n sakkizga ko‘taradi.