18 ga to‘lmagan yoshlarni unashtirish taqiqlanmoqda
- 21.07.2024 18:46
- 29
- Dolzarb
Oila va xotin-qizlar sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Qonun loyihasi bilan 18 yoshga to‘lmagan yigit va qizlarni unashtirish marosimlarini o‘tkazish taqiqlanmoqda. Nikohga kiruvchilar arizasiga ko‘ra homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinganda (emansipatsiya) nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkinligi belgilanmoqda.
Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi darajadagi yon shajara bo‘yicha qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish taqiqlanmoqda. Faqat tibbiy genetik tekshiruvlar natijasi ijobiy bo‘lgan hollar bundan mustasno.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qonuniy ajralmasdan uylanish mumkinmi?
- 21 daqiqa avval
- Mutolaa
Urushning ma’lum va noma’lum sahifalari
- Bugun, 12:09
- Mutolaa
Mahalla yoshlariga Prezident sovg‘asi berildi
- Bugun, 11:51
- Samarqand
Pangat otlarining dovrug‘i qani?
- Bugun, 10:35
- O'qing, qiziq!