Olimlar insoniyatni global isishdan qutqarish uchun eng kuchli yadro bombasini portlatmoqchi

Rejaga ko‘ra, hammasi quyidagicha bo‘lishi kerak: quvvati 81 gigaton bo‘lgan yadroviy bomba (insoniyat yaratgan barcha portlovchi vositalardan 1620 baravar kuchli) portlashi okeanda 6-8 kilometr chuqurlikda bazaltni uvalaydi.

Natijada u barcha CO₂ chiqitlarini "yutishi" va dahshatli jaziramani bir necha yuz yillarga surishi kerak.
Loyiha 10 milliard dollarga tushadi, biroq nazariy jihatdan u yuzlab trillion dollar zararning oldini olishi va asr oxiriga kelib, global isish oqibatida halok bo‘lishi mumkin bo‘lgan 30 million odam hayotini saqlab qoladi.