Olimlar: Ozon qatlamining har bir foizga kamayishi 150 kishining ko‘r bo‘lib qolishiga olib keladi

Yer atmosferasidagi ozon qatlamining yemirilishi Yer yuzasiga ultrabinafsha nurlar oqimining kuchayishiga olib keladi va bu sayyoramizdagi hayot uchun xavf tug‘diradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, ozonning bir foizga kamayishi teri saratoni kasalliginining 6 foizga oshishiga, ushbu qatlamning har yo‘qolgan foizi ko‘z xastaliklari tufayli qo‘shimcha 150 ming nafar insonlarning ko‘zlari butunlay ko‘r bo‘lib qolishiga olib keladi.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti olimlari hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi vakillari ishtirokida "16 sentyabr - Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni"ga bag‘ishlab mavzu yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda ozon qatlamining yemirilishi natijasida keyingi 50 yil ichida bir qancha kasalliklar, jumladan, teri raki, ko‘z kataraktasi, turli dermatitlar bilan kasallanish holatlari ortgani kuzatilmoqda. Shuningdek, ozon qatlamini yemiruvchi moddalarni ularning o‘rnini bosuvchi mahsulotlarga almashtirish orqali ko‘pgina kasalliklarning oldi olinibgina qolmay, balki sayyoramizni global xatarlardan saqlab qolish mumkin.  

Ra’no Abdumo‘minova, SamDTU Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi mudiri.