Olimlarni hayratga solib kelayotgan sirlihududlar
Insoniyat yashaydigan yagona sayyora bo‘lgan Yer olimlarni chalg‘ituvchi sirlarga boy.
Sukunat zonasi

Meksikada joylashgan Yerdagi eng sirlianomaliya (me’yordan chetga chiqish holati)dan birisukunat joyi yoki «Zona de Silencio» deb ataladi.Ushbu sirli manzil dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashgan. U yerda hech bir asbobto‘g‘ri ishlamaydi. Olimlar nima sababdan bu yerda soatlar to‘xtab, radiolar ishlamay qolishi va kompaslar nazoratdan chiqib ketishini tushunmayapti. Qizig‘i, sukunat joyi gradus bo‘yicha sirli Bermud uchburchagi va Gizaning Buyuk Piramidalari bilan bir xil kenglikka ega.
Graviti-Xillz

Tortishish kuchi bilan bog‘liq bu magnitli tepalik Hindistonda joylashgan. Bu yerda mashinangizni shundoq to‘xtatib, neytral holatga qo‘ysangiz, go‘yo qandaydir sirli kuch uni yuqoriga tortib ketayotgandek, mashina yuqoriga qarab harakatlana boshlaydi. Zero bu manzil tortishish kuchiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan sirli joy.
Gyebekli Tepye: Yer yuzidagi eng qadimgi ibodatxona

Turkiyada joylashgan ushbu qadimiy inshoot Stounxenjdan 6500 yil va eng qadimgi piramidadan taxminan 7000 yil oldin, taxminan 12 000 yil ilgani sirli sivilizatsiya tomonidan qurilganligiga ishoniladi. Tuzilma cho‘ldagi Stounxenj nomi bilan ham tanilgan va tadqiqotchilar hali ham ushbu inshoot nima maqsadda yaratilganini bilmaydi.
Ehromlar

Dunyoda turli o‘lcham va shakldagi piramidalar mavjud. Ajablanarlisi, ular Yerdagi qadimiy sivilizatsiyalar tomonidan qurilgan bo‘lishiga qaramay, ehromlarning aksariyati bir-biriga juda o‘xshash. Janubiy va Markaziy Amerikadagi piramidalar Osiyo yoki Hindistondagilarga o‘xshab ketishining sabablari nima bo‘lishi mumkin? O‘zi ular nima uchun qurilgan? Dunyo bo‘ylab minglab piramidalarning qanday bog‘liqligi bor? Olimlar va tadqiqotchilar hali ham bu kabi savollarga javob izlamoqda.
Dolmenlar

Ehromlar singari dolmenlar ham dunyo bo‘ylab tarqalgan. Bu sirli tosh inshootlarni Koreya, Xitoy, Skandinaviya, Rossiya, Ispaniya va Portugaliyada uchratish mumkin. Qiziq, nega ular juda ko‘p va bir-biriga o‘xshash? G‘alati jihati, dolmenlar atrofida hech qanday elektr jihozlari to‘g‘ri ishlamaydi.
Bermud uchburchagi

Florida va Puerto-Rikodan Bermud orollarigacha 700 kilometrga cho‘zilgan Bermud uchburchagi so‘nggi yuz yilda 1000 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu hudud Amerikadan Yevropagacha o‘tib boradigan son-sanoqsiz yuk tashuvchi kemalarga xalqaro magistral sifatida xizmat qiladi. Aynan shu yerda kemalar va samolyotlarning sirli g‘oyib bo‘lishi haqidagi qarashlar - ob-havo hodisalaridan tortib, o‘zga sayyoraliklargacha bo‘lgan taxminlar mavjud.
***
Anomaliyalar haqida turli farazlar bor bo‘lsa-da, ularning barchasi rad etib bo‘lmaydigan dalillarni talab qiladi. Olimlar esa bugun bu sabablarni izlab topishga harakat qilmoqda.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.