Olis hududlarga 66 ta bankomat o‘rnatildi
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va aholiga yanada keng qulayliklar yaratish maqsadida Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi tomonidan markazdan olis bo‘lgan hududlarga ham bosqichma-bosqich bankomatlar o‘rnatilmoqda.
Bugunga qadar viloyatimiz bo‘yicha 500 dan ortiq “HUMO” va “UZCARD” to‘lov tizimida ishlovchi bankomatlar o‘rnatildi.
Misol uchun, Kattaqo‘rg‘on shahri markazidan olisda joylashgan aholiga yengillik yaratish uchun boshqarmamiz xodimlari va Xalq banki Kattaqo‘rg‘on filiali bilan hamkorlikda Ingichka qo‘rg‘onida bank filialiga qarashli mini-bank binosiga “HUMO” to‘lov tizimida ishlovchi bankomat o‘rnatildi.
Shuningdek, Past Darg‘om va Samarqand tumanlarida 6, Bulung‘ur, Jomboy, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Payariq tumanlarida 5, Ishtixon, Oqdaryo, Urgut, Nurobod va Paxtachi tumanlarida 4, Kattaqo‘rg‘on shahri, Qo‘shrabot va Toyloq tumanlarida 3 tadan, jami 66 ta qo‘shimcha bankomatlar o‘rnatildi va yana 28 ta bankomatni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Furqat Ahmedov,
Markaziy bank Samarqand viloyat bosh boshqarmasi naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i.